» » Jizzax viloyati kuz-qish mavsumiga tayyormi

Jizzax viloyati kuz-qish mavsumiga tayyormi

23 ноябрь 2023 г 294 Комментарии: 0

Viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari bilan joylarga chiqib, kuz-qish mavsumi doirasida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirishdi.

Dastlab, viloyatdagi shtab faoliyati, Jizzax shahridagi koʻpqavatlik uylar va Sharof Rashidov tumanidagi ijtimoiy soha obyektlariga borildi.

Viloyat boʻyicha jami shahar va tumanlardagi 6 ta markaziy, 5 ta maxalliy qozonxonalar jami 11 ta qozonlar ish faoliyat koʻrsatib 106 ta koʻpqavatlik uylar va 9 ta ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik energiyasini yetkazib bermoqda.

Jizzax shahar “Zargarlik” mahallasidagi 29 ta koʻp qavatli uylar 1 400 ta xonadonlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, Respublika byudjetidan dastlab qiymati 24,9 mlrd. sumga yangi LK-1-sonli qozonxona qurilib foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturiga kiritilgan, Jizzax shahar “Ittifoq”mahallasi hududidagi 31 ta koʻp qavatli uylar uchun mahalliy LK-8-sonli qozonxonasini 15,1 mlrd. soʻmga 1 ta yangi qozonxona va 5,1 km. issiqlik tarmoqlari qurilish montaj ishlari yakunlangan.

Ushbu qozonxonaning qurilish loyihasini amalga oshirilishi natijasida, 31 ta koʻp kvartirali uylardagi 1215 ta xonadon markazlashgan issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.

2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida, 1,1 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari hisobidan Jizzax shahar, Doʻstlik, Zomin, Zarbdor va Gʻallaorol tumanlaridagi jami 8 ta qozonlarda tabiiy gaz va koʻmirga moslashtirilgan qozonlar oʻrnatish va 0,95 km. issiqlik tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, mukammal taʼmirlash boʻyicha 6 ta qozonlarda 0,70 km issiqlik tarmoqlarini taʼmirlash amalga oshirilgan.

Joriy taʼmirlash boʻyicha 2 ta qozonlarni almashtirish 0,25 km issiqlik tarmoqlarini taʼmirlash amalga oshirilgan.

Hududlardagi eski transformatorlar oʻrniga yangisi oʻrnatilmoqda. Viloyat koʻmir omborida zaxira yaratilib, tashkilot rahbari bergan maʼlumotga koʻra koʻmir zaxirasi yetarli.

Kuz-qish mavsumiga yozda boshlangan tayyorgarlik talab darajasida desak xato boʻlmaydi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!