Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » “Jizzaxsuv taʼminot» MCHJ Doʻstlik filiali foydalanishga topshirildi
25 декабрь 2023 г 145 Комментарии: 0
Marosimda soʻzga chiqqan tuman hokimi Shavkat Darvishev aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, “Jizzaxsuv taʼminot» MCHJ Doʻstlik filialining kecha va buguniga toʻxtalib oʻtdi.
Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, mazkur filial 1968-yilda ishga tushirilib, bugungi kunda qariyb 55,0 ming nafar tuman aholisiga xizmat koʻrsatib keladi.
Unda jami abonentlar soni 11 mingtani tashkil etib, isteʼmolchilarga kuniga sal kam 5 ming metr kub hajmda toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.
Ayni paytda esa tumanimizga Prezidentimiz tashabbusi bilan “Zarafshon” suv tarmogʻi ham ishga tushib, undan kuniga 3000 metr kub, yumshoqlik darajasi 3 ga teng boʻlgan suv qabul qilinmoqda.
Taʼkidlash kerakki, filial Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qaror asosida qariyb 5 mlrd. soʻm Davlat byudjeti mablagʻi hisobidan qayta taʼmirlash ishlari olib borildi.
Unda ikkita jami 4800 metr kub hajmli suv saqlash inshooti taʼmirlandi. Isteʼmolchilarga suv yetkazib berish uchun 8 ta tejamkor zamonaviy suv nasoslari, 2 ta yuqori kuchlanishli transformatorlar oʻrnatildi. Filialga tabiiy gaz tarmogʻi olib kelinib, ishchi xizmatchilarga qulay mehnat sharoiti yaratildi. 10 Kvt li quyosh paneli oʻrnatilishi aholiga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish imkoniyatini bermoqda.
Marosimda keng jamoatchilik vakillari filialda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlariga yuqori baho berishdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!