Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyat hokimining oʻrinbosari Nazira Muxtorova ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi
20 декабрь 2023 г 219 Комментарии: 0
Jizzax viloyat hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nazira Muxtorova ishtirokida “Xotin qizlarni qoʻllab-quvvatlash ularning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Matbuot anjumanini viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi Akmal Binoqulov ochib berdi.
Shundan soʻng, viloyat hokimining oʻrinbosariri, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nazira Muxtorova matbuot anjumani boʻyicha soʻzga chiqdi.
Ehtiyojmand oilalardagi 1 796 nafar qizlarga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli 4 foizli kvota asosida oʻqishga qabul qilinishi uchun tavsiyanomalar berilib, 199 nafari oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilingan boʻlsa, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ehtiyojmand oilalardan boʻlgan 1 750 nafar talaba xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari toʻlab berilgani ota-onasidan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlari uchun ulkan imkoniyat eshiklarini ochdi.
2023-yilda Jizzax viloyatida 60 157 nafar (mehnatga layoqatli ishsiz xotin-qizlar 37 152 nafar) xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashildi.
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish istagida boʻlgan 17 333 nafardan ortiq xotin-qizlarga 222 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.
2023-yilda 10 mingdan ortiq xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitildi.
2023-yilda 38 ming 4 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, yil davomida 37 ming 792 nafari (99,4%)ning muammolar hal etilishiga erishildi.
“Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 094 nafar xotin-qizlar sayohatga yuborildi.
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!