» » Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi

30 сентябрь 2023 г 406 Комментарии: 0

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Azamat Darxanov ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 2 ta teatr, 1 ta ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, 15 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 37 ta madaniyat markazi, 1 ta koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning 8 ta filiali, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining viloyat boʻlinmasi, “Maqom” ansambli, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi viloyat boʻlimi, kinematografiya agentligi viloyat boʻlimi, milliy madaniy markazlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Jizzax viloyatida 31 ta xalq havaskorlik unvoniga ega boʻlgan badiiy jamoalar hamda ashula va raqs, folklor-etnografik ansambllari, 7 nafar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, 2 nafar “Mehnat shuxrati” ordeni, 10 nafar “Shuxrat” medali sohibi, 2 nafar “Doʻstlik” ordeni, 3 nafar “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari viloyat madaniyat va sanʼatini rivojlantirish yoʻlida xizmat qilmoqda.

Viloyatda 2 ta (viloyat musiqali drama hamda viloyat qoʻgʻirchoq) teatrlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.Viloyat qoʻgʻirchoq teatri uchun zamon talablari asosida 2020-yilda 14,1 mlrd.soʻmga yangidan bino qurilib, foydalanishga topshirilgan va xodimlarning faoliyat koʻrsatishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Viloyat musiqali drama teatri 2019-2020-yillar 4,6 mldr.soʻmga kapital taʼmirlashdan chiqarilib, xodimlarning faoliyat koʻrsatishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablariga 2022-2023-oʻquv yilida Madaniyat vazirligi tomonidan 20 nomdagi 6525 nusxada oʻquv adabiyotlari tarqatilib bugungi kunda oʻquvchilar mashgʻulotlarda keng foydalanib kelmoqda.
Matbuot anjumani yuzasidan jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!