Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Zominda «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturiga kiritilgan korxonalar soni ko‘paymoqda
26 сентябрь 2023 г 240 Комментарии: 0
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi hamda hududlardagi soliq inspeksiyalari hamkorligida vohamizda xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yurtdoshlarimizni tadbirkorlikka yanada kengroq jalb qilish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashkiliy hamda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda.
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida korxonalar faoliyati o‘rganilib, korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish choralari ko‘rilayapti.
Bu esa o‘z navbatida hududlarda ishsizlikka barham berilib, ko‘plab muammolarga yechim topilmoqda.
Zomin tumanidan dasturga kiritilib, soliqlardan alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan “WR TEXTILE” tekstil korxonasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bu yerda tikuv-trikotaj sexi ishga tushirilishi natijasida 100 ta ish o‘rinlari yaratildi va ishchi-xodimlar 200 nafardan oshishi rejalashtirilgan. Hozirda o‘z brendi bilan Rossiya davlatiga tayyor mahsulotlar eksport qilinmoqda. Bir oyda 50 ming dona 3 turdagi tayyor mahsulotlar sotilmoqda.
Turkiyadan mutaxassislar jalb etilgan mazkur korxonada yangi loyihalar ishga tushirilib, yillik eksport hajmini oshirish maqsad qilingan.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!