» » Jizzaxda davlat filarmoniyasi hududiy boʻlinmalari ijodiy jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan respublika koʻrik-tanlovi yakunlandi

Jizzaxda davlat filarmoniyasi hududiy boʻlinmalari ijodiy jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan respublika koʻrik-tanlovi yakunlandi

01 ноябрь 2023 г 150 Комментарии: 0

Joriy yil 30-31-oktyabr kunlari Jizzax viloyati Musiqali drama teatrida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi hududiy boʻlinmalari ijodiy jamoalari oʻrtasida 3-bora respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. 2 kun davom etgan mazkur tanlovda nufuzli hakamlar hayʼati tarkibi baholab bordi.

Tanlov natijalariga koʻra 1-oʻrin Namangan viloyati, 2-oʻrin Fargʻona viloyati va 3-oʻrin Jizzax viloyati hududiy boʻlinmasi ijodiy jamoalari gʻolib deb topildi.

Shu bilan birga tanlov faol ishtirok etgan ijodiy jamoalar tanlov Nizomiga koʻra qator yoʻnalishlar boʻyicha taqdirlandi.

Tanlovda pul mukofoti, diplom hamda tanlovvning maxsus rudba (statuetka)si, yoʻnalish gʻoliblari esa diplom, statuetka va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va viloyat hokimi oʻrinbosari Akmal Savurbayev ishtirok etdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!