» » Xitoylik tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuv tashkil etildi

Xitoylik tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuv tashkil etildi

28 декабрь 2023 г 115 Комментарии: 0

Xitoylik bir guruh ishbilarmon doiralari bilan “Oʻzbekiston eksportchilar” uyushmasi hamkorligida “BMB-NRC Agrologistics” qoʻshma korxonasida oʻtkazilgan tashrif chogʻida korxona masʼullari, mahalliy eksportyorlar, XXRsining toʻqimachilik, sanoat, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi yirik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlari hamda OAV vakillari ishtirokida “davra suhbati” tashkil etildi.

Muloqot avvalida xitoylik ishbilarmonlarga yaqindagina ishga tushirilgan “BMB-NRC Agrologistics” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi faoliyat koʻlami, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bogʻliq jihatlar haqida axborot berildi.

Yirik investitsiyaviy loyiha sifatida baholanmish mazkur kompleksda meva-sabzavotlarni qabul qilish, qayta ishlash, quritish, saqlash va eksportga yoʻnaltirish boʻyicha yaratilgan keng imkoniyatlar yuzasidan mehmonlar batafsil tanishtirildi.
Shundan soʻng xitoylik ishbilarmonlarga sabzavot va mevalarni ishlab chiqarish hamda chuqur qayta ishlash korxonalari, XXR isteʼmolchilari uchun eksportbop boʻlgan turli ekinlar, xususan, dukkakli va poliz mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan “BMB Agro” klasterning imkoniyatlari haqidagi atroflicha maʼlumot berildi.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida zaʼfaron yetishtirish, saqlash va eksport qilish boʻyicha “BMB-OPERA ZAFFERANO” qoʻshma korxonasida italiyalik hamkorlar bilan amalga oshirilgan loyiha esa xitoylik hamkorlarda alohida qiziqish uygʻotdi.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad esa aniq – xorijlik biznes ahli va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, oʻzaro manfaatli tijorat aloqalarini yoʻlga qoʻyish, shu orqali uzoq muddatli sherikchilik rishtalarini oʻrnatishdan iborat.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!