» » JDPUda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bahorgi mavsumiga start berildi.

JDPUda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bahorgi mavsumiga start berildi.

12 март 2024 г 60 Комментарии: 0

Xabaringiz bor, Jizzax davlat pedagogika universitetida «Professorlar bog‘i» tashkil etilgan edi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasiga asosan ushbu bog‘ga universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023 yil kuz mavsumida 100 ga yaqin daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, joriy yilning bahor mavsumida yana daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

O‘tgan kuni ushbu loyihaning bahorgi mavsumiga start berildi. Daraxt ekish tadbirida universitet rektori Sh.Sharipov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bir guruh olimlar qatnashdilar.Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar universitet hovlisida barpo etilayotgan «Professorlar bog‘i» qiyofasini obod etish barobarida, asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!