Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
11 июнь 2024 г 110 Комментарии: 0
Shukurullayev Sardor Shuxratovich Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Sardor Shukurullayev 1991-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2012-yilda Oʻzbekiston xalkaro Islom akademiyasi (bakalavr) va 2014-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, makroiqtisodiyot.
U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi direktorining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Sobiq viloyat hokimi oʻrinbosari Sindor Raxmonqulov mazkur lavozimda 2021-yilning 28-aprelidan buyon ishlab kelayotgan edi
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!