Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
29 февраль 2024 г 235 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimligida oʻtkazilgan tanqidiy-tahliliy yigʻilishda viloyat hokimi Ergash Saliyev yangi tayinlangan oʻrinbosarni tanishtirar ekan, investitsiya sohasida viloyatdagi ishlar va bu sohada faoliyat olib borayotgan kadrlar salohiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.
2021-yildan hozirgi vaqtgacha viloyat hokimining oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan Nurmatov Nodir Bahodirovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan uning oʻrniga Jizzax shahridagi “MINGUAN SILU INDUSTRY” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona direktori boʻlib ishlab kelayotgan Komilov Ibroximjon Nurmaxammadovich tayinlandi.
Komilov Ibroximjon Nurmaxammadovich 1990-yilda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan 2013-yil Fargʻona davlat universiteti (kunduzgi) va 2022-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (sirtqi) boʻlimini tamomlagan.Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi xitoy tili boʻyicha filolog, iqtisodchi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!