» » Chorvachilik sohasida Xitoylik tadbirkorlar bilan muzokara o’tkazildi

Chorvachilik sohasida Xitoylik tadbirkorlar bilan muzokara o’tkazildi

25 январь 2024 г 136 Комментарии: 0

Jizzax viloyati Ergash Saliyev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yaqindan yo’lga quyish maqsadida bo’lib turishibdi.

Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi Nodir Nurmatov boshchiligida shahar va tumanlar hokimlari Xitoyning Binhai shahrida joylashgan chorvachilik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan amaliy uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomon chorvachilik klasterini hududga qarab rivojlantirish bo’yicha muzokaralar olib borishdi.

Muzokaralar davomida Nodir Nurmatov mazkur sohada faoliyat olib boradigan kompaniya vakillarini Jizzax viloyatiuga tashrif buyurib, bu yerda chorvachilik yo’nalishida faoliyat olib borish taklifini berdi.

O’z o’rnida xitoylik tadbirkorlar ham mazkur yo’nalishda viloyatimizda faoliyat olib borishga qiziqish bildirishdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!