» » Jizzax shahar hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Jizzax shahar hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

01 май 2024 г 51 Комментарии: 0

Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tayinlandi.

Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A.Mustanov, Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda shahar sektor rahbarlari, hokimlik apparat xodimlari, shahar hokim yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, ommaviy axborot vositasi vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. tashkiliy masalada shu kunga qadar boʻsh turgan shahar hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Xaydarov Sirojiddin Tursunboyevich tayinlandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!