» » Jizzax viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv seminar oʻtkazildi

Jizzax viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv seminar oʻtkazildi

27 март 2024 г 126 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimining qarori bilan tasdiqlangan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha Yoʻriqnomasiga muvofiq, viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi maslahatchilari, yordamchilari, kotibiyat mudirlari, boʻlim boshliqlari, guruh rahbarlari va barcha mutaxassislari ishtirokida etika va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Maxsus oʻquv mashgʻuloti davomida hokimlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlari, manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha Nizom, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori va odob-axloq qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi ”Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli qarori mavzularida maʼruza qilinib tushintirish va tavsiyalar berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!