Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining elliginchi sessiyasi oʻtkazildi
27 декабрь 2023 г 175 Комментарии: 0
Jizzax viloyatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish va viloyatning 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash masalalari boʻyicha sessiya oʻtkazildi.
Sessiyada kengash deputatlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari va mutasaddi rahbar xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari – Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzolari Shadmanov Adxam va Jalolov Zafarjon , Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Fozilkarimov Otabek, Soliq qoʻmitasi departament rahbari Qurbanov Ziyodaddin qatnashdi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga beshta masala kiritildi.
Dastlab, sessiya kun tartibida asosiy oʻrin egallagan Jizzax viloyatining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻi – Akbar Rahmatullayev soʻzga chiqib, budjet loyihasini haqida maʼlumot berdi.
Jizzax viloyatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi – Shuhrat Umarov hamda Jizzax viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Hamid Hasanovlar soʻzga chiqib amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berishdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati - Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-xuquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi – Shadmanov Adxam Jizzax viloyatida Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish yuzasidan axborot berdi.
Shundan soʻng, Jizzax viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavka miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi Bekzod Toshpoʻlatov maʼlumot berdi.
Sessiyada bir guruh faol deputatlar hamda “Yil ayoli” unvoni sohibasi Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Roʻzigul Orziqulova ham viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining elliginchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!