Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » “Korrupsiya - jamiyat kushandasi” nomli Jizzax viloyati ommaviy axborot vositalarning koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
04 декабрь 2023 г 177 Комментарии: 0
Jizzax viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish reja ijrosini taʼminlash boʻyicha hududiy kengash tomonidan 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiya - jamiyat kushandasi” nomli Jizzax viloyati ommaviy axborot vositalarning koʻrik-tanlovi eʼlon qilindi.
Joriy yilning 1-30-noyabriga qadar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda koʻrik-tanlov eʼlon qilingan edi.
Shuningdek, ushbu koʻrik-tanlovni oʻtkazish boʻyicha Nizom ham ishlab chiqilgan boʻlib, Nizom asosida 30-noyabrga qadar 11 nafar ishtirokchilarni xujjatlari qabul qilindi.
Joriy yilning 1-dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati majlislar zalida mazkur koʻrik-tanlovga ishtirok etish uchun taqdim etilgan nomzodlarning xujjatlari belgilangan Nizom asosida koʻrib chiqildi. Har bir yoʻnalish boʻyicha taqdim etilgan xujjatlar Hayʼat komissiyasi tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilib, tanlov gʻoliblari saralab olindi.
Bugun mazkur “Korrupsiya - jamiyat kushandasi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari tantanali tarzda taqdirlanishdi.
Gʻolib va sovrindorlarga esdalik diplomi va sovgʻani Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibi Nodira Karimova topshirdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!