» » Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazildi

07 февраль 2024 г 205 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi ellik birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Unda viloyatdan saylangan Senat aʼzolari Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga 11 masala kiritildi.

Sessiya avvalida, Sektor rahbarlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirayotgan ishlari boʻyicha hamda Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari va viloyatda xuquqbuzarliklarni oldini olish va uning profelaktikasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida, IIB tomonidan 2023-yilda viloyatda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitildi.

Shuningdek, viloyatda yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Yoshlar bandlik dasturlari”ni amalga oshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlari, viloyatda raqamlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Qolaversa, Prezidentimizning 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son va 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-son 2022—2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlarining ijrosi toʻgʻrisida axborot eshitildi.

Shundan soʻng, viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi taʼriflarni hamda shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha zararsiz chiqindilarni chiqarish yuzasidan vaqtinchalik meʼyorlarni belgilash hamda viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Yakunda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yilgi ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida muhokama boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati 

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!