Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
05 март 2024 г 210 Комментарии: 0
Bugun Хalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda tashkiliy masala koʻrildi.Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev keyingi yillarda tumanda olib borilgan ishlar, yutuqlar barobarida, islohotlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni sohalar boʻyicha birma-bir tanqidiy tahlil qildi.
Sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev Zafarobod tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod - Gʻayratjon Eshpulatovni tanishtirdi.
G‘ayratjon Eshpulatov shu vaqtgacha Paxtakor tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Muzokarada soʻzga chiqqanlar tumanning yangi tayinlangan hokimi bilan, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini taʼkidlashdilar.
Viloyat hokimining Gʻayratjon Eshpulatovni Zafarobod tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!