» » Mirzacho’l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mirzacho’l tumaniga yangi hokim tayinlandi

20 февраль 2024 г 78 Комментарии: 0

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Mirzacho'l tumaniga hokim etib tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Mirzacho'l tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Tanqidiy ruhda o’tkazilgan sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Shundan soʻng deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzacho'l tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqulladilar.

Botirjon Mirzaqulov hozirga qadar Sirdaryo tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!