» » Baxmal tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxmal tumaniga yangi hokim tayinlandi

19 февраль 2024 г 80 Комментарии: 0

Jizzax shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Shundan soʻng deputatlar Aziz Ergashevni Baxmal tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqulladilar.

Aziz Ergashev hozirga qadar Jizzax shahar hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!