» » Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi 53 sessiyasi oʻtkazildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi 53 sessiyasi oʻtkazildi

26 апрель 2024 г 148 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi ellik uchunchi sessiyasi oʻtkazildi.
           

Unda viloyatdan saylangan Senat aʼzolari Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga 13 masala kiritildi.

Sessiya avvalida, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Abduvali Mustanov, Prezidentning Jizzax viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Rahmatilla Boʻriyev, Bosh prokratura huzuridagi majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshligʻi Begzod Mengliyev, viloyat hokimining oʻrinbosari Xamid Xasanov, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Murodbek Raxmonberdiyev, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Sanobar Suyarova hamda viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Sunnatulla Mirzakabilov axborot berishdi.

Shundan soʻng, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Ozoda Maxmudova va viloyat raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi boshligʻi Ilhom Mamatqulov soʻzga chiqshdi.
Shuningdek, sessiya kun tartibidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining hisobotlarini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash, mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari
viloyat Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari va viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida masalalar koʻrib chiqildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!