» » Jizzax viloyati hokimi Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan uchrashdi

Jizzax viloyati hokimi Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan uchrashdi

11 июль 2024 г 169 Комментарии: 0

Jizzax shahridagi Sambhram universitetida viloyat hokimi Ergash Saliyevning Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Joriy yilning 28-iyun sanasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz Rahbari mamlakatimizda soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʻlganini taʼkidladilar.

Jizzax viloyatida 350 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qiladi, ularga qaratilgan eʼtibor natijasida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2023-yili 22 543 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminishiga erishildi. Shundan, 7 995 nafar maktab bitiruvchi yoshlar doimiy ish bilan taʼmindi.

“Yoshlar daftari” orqali 18 336 nafar yoshlarga amaliy yordamlar koʻrsatilib, mahalliy byudjet hisobidan 29,4 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratildi.

Joriy yil boshidan buyon “Yoshlar daftari”ga 6 362 nafar yoshlar kiritilib, bugungi kunga qadar ularning 3 286 nafariga turli yoʻnalishlarda ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar koʻrsatilib, mahalliy byudjet hisobidan 7,9 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratildi.

Bundan tashqari 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarorda berilgan topshiriqqa muvofiq 5 500 gektar unumdor yer maydonlari ajratish boʻyicha manzilli ishlar tashkil qilindi.

Buning uchun, “Mahalla yettiligi” ijobiy tavsiyasi asosida 6 239 nafar yoshlar roʻyxati shakllantirildi. Yoshlar yerdan unumli foydalanish tartibi yuzasidan agroxizmatlar markazi tomonidan manzilli oʻqitildi.

Oʻtgan davr mobaynida “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika bosqichlari gʻoliblari istiqomat qiladigan mahallalarda 51 ta sport maydonchalari qurib berildi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan qilingan murojaatlar aytilgan taklif va muammolar tinglandi. Muammolar va kamchiliklar tegishli masʼullarga yechimini qilish boʻyicha viloyat hokimi tomonidan topshiriq qilib berildi.

Yakunda viloyat hokimi bir guruh yoshlarni taqdirladi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!