» » Jizzaxda yosh kitobxon oila aniqlandi

Jizzaxda yosh kitobxon oila aniqlandi

16 июль 2024 г 59 Комментарии: 0

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Jizzax shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan tanlovda 28 yosh oila ishtirok etdi. Ishtirokchilar ilmiy-ommabop, oʻzbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid test savollariga javob berib, kitobxonlik layoqati hamda koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdi.

- Oʻtgan yili ushbu tanlovda ikkinchi oʻrinni egallagandik, - deydi Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasida yashovchi Umida Navroʻzova. - Oʻshanda yanada koʻproq mutolaa bilan shugʻullanish, bilim va dunyoqarashimizni yanada kengaytirish kerakligini anglab, muntazam turli janrlardagi kitoblarni oʻqish, dasturxon atrofida oʻz oʻqiganlarimiz haqida fikrlashish oilamizda yaxshi anʼanaga aylandi. Mana, bu yil tanlovning shahar bosqichida birinchi oʻringa chiqdik. Keyingi bosqichlarda ham munosib ishtirok etishga ahd qilganmiz.

Tadbir soʻngida gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!