» » Jizzaxda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

Jizzaxda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

15 май 2024 г 87 Комментарии: 0

Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi” aʼzolari Asror Moʻmin, Mehribon Abdurahmonova va Shodi Otamurod lar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar oʻz ijodlari va hayot yoʻllari haqida talaba-yoshlarga soʻzlab berdilar.
Doʻstona-samimiy muloqot tarzida oʻtgan tadbirda talabalar taklif etilgan shoir yozuvchilarning ijodidan ham oʻqib berishdi.

Tadbir soʻngida esa mehmonlar filial kutubxonasiga va tadbirda faolligini koʻrsatgan talabalarga alohida kitoblar sovgʻa qilishdi.

Ushbu oʻtkazilgan loyiha talaba yoshlar uchun juda foydali va taassurotlarga boy boʻlish bilan birga ularning adabiyotga boʻlgan mehr-muhabbatlarini ham yanada oshirdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!