» » Jizzax viloyat IIBda madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Jizzax viloyat IIBda madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

25 март 2024 г 75 Комментарии: 0

Jizzax viloyat IIBda boʻlib oʻtgan madaniy-maʼrifiy tadbirda osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish yoʻlida matonat bilan xizmat burchini bajarayotgan xodimlarning mehnati eʼtirof etildi.

Shu maʼnoda Ichki ishlar vazirligining “Aʼlo xizmatlari uchun”, birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar, viloyat ichki ishlar boshqarmasining sovgʻalari oʻz egalariga topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyi konsertmestri Gulmurod Xudoynazarovning “Kino sanʼatining yoshlar tarbiyasiga taʼsiri” mavzusidagi maʼruzasini diqqat-eʼtibor bilan tingladilar.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!