» » Jizzax viloyatining 6 ta tumanida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Jizzax viloyatining 6 ta tumanida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

17 июль 2024 г 117 Комментарии: 0

Joriy yilning 17-22-iyul kunlari kuchli yomgʻir yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel yuzaga kelishi mumkin.

Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi direktori Sherzod Habibullayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Qolgan quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!