» » Jizzaxda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda

Jizzaxda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda

04 октябрь 2023 г 536 Комментарии: 0

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari institutining (KEITI) Jizzax viloyati hokimiligi oʻrtasida imzolangan qoʻshma Mermorandumga koʻra Jizzaxda 96,6 mln. AQSH dollar qiymatga ega qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish loyihasi muhim ahamiyatga egadir.

2021-yil 2-dekabr kuni Jizzax viloyatida 2022-2026-yillarda chiqindi sohasini rivojlangan mamlakatlardagidek tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari institutining (KEITI) Jizzax viloyati hokimiligi oʻrtasida imzolangan qoʻshma Mermorandumga koʻra qiymati 6.6 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant va qiymati 90,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari loyihasi asosida Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash koʻchma stansiyalarini yaratish, yangi qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish va amaldagi poligonlarda zamonaviy talablarga javob beradigan chiqindixonalarni qayta qurish ishlari 2024-2026-yillar davomida amalga oshiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 96,6 mln. AQSH dollar boʻlib, shundan 6,6 mln. AQSH dollar miqdoridagi grant mablagʻlari, 90,0 mln. AQSH dollarli kredit mablagʻlaridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son Qaroriga asosan grant mablagʻlari Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi chiqindilar poligonida 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yigʻish inshootini qurish, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin boʻlgan chiqindi gaz yigʻish tizimini qurish, kuniga 5-10 tonna tibbiyot chiqindilarni yoqish inshootini oʻrnatish, shuningdek, chiqindixonaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va boshqa qurilmalar xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Qiymati 90 mln. AQSH dollari boʻlgan kredit mablagʻlari esa Koreya Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) tomonidan moliyalashtirilgan boʻlib, mazkur loyiha hujjati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib, xorijiy hamkor “EDCF” Fondi hamda KEITIga kiritilgan.

Loyiha doirasida Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida ekologik norma va sanitar talablarga javob beradigan zamonaviy qattiq maishiy chiqindi poligonlari barpo etiladi. Jalb etilayotgan mablagʻlar hisobidan 3 ta sanitar talablarga javob beradigan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish, 5 ta hududda kompostlash va chiqindilarni saralash kompleksini qurish hamda Zarbdor, Arnasoy, Paxtakor, Mirzachoʻl, Yangiobod va Baxmal tumanlarida 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari quriladi.

Ikkinchi bosqichda chiqindixonalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida qattiq maishiy chiqindi poligonlarida zichlash ishlarini amalga oshirish uchun 5 ta maxsus texnika, konteynerlarni tashish uchun 12 ta maxsus texnika, chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi uchun sigʻimi 60 kub.metr boʻlgan 28 ta konteynerlar, 5 ta buldozer, 5 ta ekskavator, 5 ta avtoyuklagich, 5 ta samosval va kompostlash uchun uskunalar xarid qilinadi - deb taʼdiklaydi boshqarmaning ekologik nazorat inspeksiyasi boshligʻi Bunyod Egamov.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!