» » Jizzaxda “II Xalqaro maqom sanʼati” anjumani oʻtkaziladi

Jizzaxda “II Xalqaro maqom sanʼati” anjumani oʻtkaziladi

07 май 2024 г 149 Комментарии: 0

Xalqaro maqom sanʼati anjumani joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ishtirokchilar qatnashishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 26-fevralda «II Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoyishi qabul qilingan.

Farmoyish bilan Xalqaro maqom sanʼati anjumanini ikkinchi marta 2020-yil sentyabr oyining birinchi yarmida oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining taklifi maʼqullangan. Biroq 2020-yilda kuzatilgan pandemiya tufayli mazkur anjumanni oʻtkazish boshqa muddatga qoldirilgan.

Endilikda anjumanni oʻtkazish va mezbonlik qilish Jizzax viloyati zimmasiga tushdi.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro maqom sanʼati anjumani Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi «Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2018-yilda Shahrisabz shahrida oʻtkazilgan.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!