Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati qurilish materiallari boʻyicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi
25 апрель 2024 г 143 Комментарии: 0
Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifida “Basalt Uzbekistan” klasteri tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar afzalliklarini keng targʻib etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish hamda tashqi bozorga chiqishni yanada faollashtirish boʻyicha berilgan vazifalar asosida tashkil etilmoqda.
Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etadi.
Forum dasturiga koʻra ishtirokchilar Oʻzbekistonda bazalt asosida innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish holati va istiqbollari, mahsulot sifati va xususiyatlari hamda bu boradagi jahon standartlari, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan izlanishlar va yangiliklar, ilgʻor texnologiya va uskunalar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻladilar.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!