» »  “Jizzax viloyatida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumaniga o’tkazildi

 “Jizzax viloyatida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumaniga o’tkazildi

28 февраль 2024 г 193 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligiga qarashli olti qavatlik binoning 4-qavatidagi viloyat hokimligi Axborot xizmati media markazida viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʼyicha yordamchisi Sarvar Аbdullaev ishtirokida “Jizzax viloyatida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumaniga o’tkazildi.

Matbuot anjumanini viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi Akmal Binoqulov ochib berdi.Shundan so’ng, viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʼyicha yordamchisi Sarvar Аbdullaev matbuot anjumani bo’yicha so’zga chiqdi.

2023-yil yakuni bilan viloyatimizda jami 2571 ta sanoat korxonalari mavjud. Shundan yirik sanoat korxonalari 32 tani, kichik sanoat korxonalari 2539 tani tashkil etgan. Ushbu sanoat korxonalari tomonidan 2023-yil yakuni bilan 19,0 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2022-yilga nisbatan oʻsish surʼati 107,4 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarish xajmining 75,1 foizi (14,3 trln.soʻm) hududiy hamda 24,9 foizi (4,7 trln.soʻm) tarmoq korxonalari hisobiga toʻgʻri kelgan.

2024-yil 1-fevral holatiga koʻra viloyatimizda jami 2 518 ta sanoat korxonalari mavjud. Shundan yirik sanoat korxonalari
33 tani, kichik sanoat korxonalari 2 485 tani tashkil etadi.

Ushbu sanoat korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar oyi yakuni bilan 1,8 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 
2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 180,6 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarish xajmining 81,5 foizi (1,5 trln. soʻm) hududiy hamda 18,5 foizi (335,4 mlrd. soʻm) tarmoq korxonalari hisobiga toʻgʻri kelgan.

Joriy yil yanvar oylarida sanoatning tarmoqlarida masalan:

Avtomobilsozlik sanoatida “ADM-Jizzakh” MCHJ korxonasi tomonidan “KIA”,  “Chery”, “Haval” kabi yengil avtomobillar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilib, 1,3  trln. soʻmlik yengil avtomobillar;

Qurilish materiallari sanoatida birgina “Ming Yuan Silu Industry” korxonasida –19,2 mlrd. soʻmlik bezakli oyna mahsulotlari;

Toʻqimachilik sanoatida “Jizzax-Toshtepa tekstil” korxonasida – 14,1 mlrd. soʻmlik eksportbob tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilgan va boshqalar.

Viloyatda sanoat salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2024-yilda qiymati 4,5 trln. soʻmlik 99 ta sanoat loyihalari amalga oshirilishi hisobiga 5,7 ming nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Xususan,  Forish tumanidagi ““BASFIBER TRADE” MCHJ” MCHJ tomonidan yillik quvvati 25 ming tonna boʻlgan bazalt tola va mato ishlab chiqarish loyihasida 400 nafar;

- Jizzax shahridagi “Asia Caustic” MCHJ QK tomonidan yillik quvvati 200 ming tn boʻlgan kaustik soda ishlab chiqarish loyihasida 194 nafar;

2024-yil I chorak yakuni bilan jami sanoat korxonalari tomonidan 4,7 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 110,6 foiz oʻsish surʼatiga, shundan, hududiy sanoat korxonalari tomonidan 4,2 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2023-yilga nisbatan 107,2 foizni tashkil etishini reja qilingan.

 

Soʻnggi yillarda sanoatni yanada rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari asosida yaratilgan imkoniyatlar natijasida 2023-yilda mahalliylashtirish dasturining korxonalari soni 2017-yilga nisbatan 7-martaga, loyihalar soni 4-martaga, ishlab chiqarish xajmi esa 1101 barobarga oshgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar import oʻrnini bosish samaradoriligi 2 mln. dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilda 977 mln. dollarni tashkil etdi.

Xususan, 2017-yildan 2023-yilgacha viloyatda dastur doirasida elektr oʻtkazgichlar, rozetka, qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar, bazalt tolasidan armatura, setka, roving, bezakli oyna, shisha tolasi, tormoz kolodkalari, turli maishiy texnika buyumlari, kaliy sulfat, kalsiy xlor, xlorid kislotasi, boʻyoq va laklar, texnik spirt, shpris, stamatologik plomba, 300 turdan ortiq, ventillar, fiting va aksessuarlar, antifriz, havo filtri, sellyuloza, portlandsement, quyosh suv isitkichlari, samorez, jinsi matosi, gazobeton, olma konsentranti, transformator, eksportbob qandolat mahsulotlari, sendvich-panellari va boshqa shu kabi mahsulotlar oʻzlashtirildi.

Misol uchun, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida 2020-yildan boshlab “Global Optical Communication Uzbekistan” qoʻshma korxonasi tomonidan 8 turdagi, yiliga 50 ming km optik aloqa kabellari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilib, Respublikada yiliga oʻrtacha 20 mln. dollarlik import oldi olinmoqda.

Joriy yilda 44 ming km optik tolali aloqa kabellari ishlab chiqarildi, natijada viloyat ehtiyoji uchun zarur boʻlgan 4 ming km yillik talab toʻliq qoplanib, 40 ming km qismi boshqa hududlar extiyoji uchun yetkazib berilmoqda.

“Jizzax” EIZ da “Iruskon” MCHJ qiymati 15 mln dollar,  yiliga 12 ming tonna keng turdagi konditer (marmeladli va murabboli konfetlar, shokoladli batonchiklar, kruassan, shakarli pechenye) mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, 120 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi. 11 turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar “Deya” brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.

Korxona ishga tushirilishi natijasida, Respublika boʻyicha yiliga 12 mln dollarlik aynan shu turdagi qandolat mahsulotlari importi oldi olinib, mahalliy ishlab chiqaruvchi hisobidan qoplanmoqda.

2024-yilda 52 ta korxonada 80 turdagi 12,5 trln. soʻmlik (2023-yilga nisbatan 1,1 barobar) mahsulotlar ishlab chiqarilishi, importni oʻrnini bosish samaradorligi 1004 mln. dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Shundan, 55 ta 12,4 trln. soʻmlik kengaytirish boʻyicha, 25 ta 68,3 mlrd. soʻmlik yangi loyihalar.

Xususan, yangilanadigan dasturga asosan smesitel, latundan quvurlar, karbonat kalsiy, termo oyna, tayyor charm mahsulotlari, toʻqimachilik aksessuarlari, tibbiy lateks qoʻlqoplari, sulfat ammoniya, xar xil ulchamdagi temir armaturalar, avtomobillar uchun kalpak, polik, pod nomer, chexollari kabi bir qancha yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar oʻzlashtirilmoqda.

Misol uchun:

- “Mono elektrik” MCHJ tomonidan qiymati 10,5 mln. Dollarlik 3 turdagi yillik quvvati 7,3 mln. dona boʻlgan elektrotexnika mahsulotlari (vklyuchatel, rozetka, udlinitel, vilka, elektro pilot, elektr lampa) ishlab chiqarish loyihasi;

- “Master system east” MCHJ tomonidan qiymati 15,0 mln. dollarlik 4 turdagi yillik quvvati 16 ming tonna boʻlgan qurilish materiallari (smesitel, latundan quvurlar, zoldor, kabel-sim) ishlab chiqarish loyihasi va shu kabi boshqa loyihalar.

2024-yilda mahalliylashtirish dasturida 53 ta korxonada 80 turdagi 12 trln. 554 mlrd. soʻmlik yoki 2023-yilga nisbatan 1,1 barobar koʻp mahsulotlar ishlab chiqarilishi, import oʻrnini bosish samaradorligi 1004 mln. dollarni tashkil etilishi belgilangan.

Xususan dasturning sanoat tarmoqlari boʻyicha tahlili quyidagicha:

qurilish materiallari sanoatida – 22 ta korxonada

30 ta turdagi 684 mlrd.soʻmlik;

avtomobilsozlik sanoatida – 6 ta korxonada 11 ta turdagi 11627 mlrd.soʻmlik;

kimyo sanoatida – 5 ta korxonada 8 ta turdagi

236 mlrd.soʻmlik;

boshqa sanoati tarmoqlarida – 20 ta korxonada 31 ta turdagi

208 mlrd.soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Dasturga asosan, 2024-yil yanvar-fevral oylarida

6 ta korxonada 10 turdagi 1,9 trln. soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Xususan, “ADM Jizzakh” korxonasida 1868 mlrd. soʻmlik yengil avtomobillar, “Jizzax Akkumulyator Zavodi” korxonasida - 32,7 mlrd. soʻmlik qoʻrgʻoshinli akkumlyatorlar, “Gʻallaorol kaliy fosfat” korxonasida –  1,3 mlrd. soʻmlik mineral oʻgʻitlar, “Master building products” korxonasida - 10,9 mlrd. soʻmlik polipropilen quvurlar, ventillar, fiting va aksessuarlar, “ Raw Materials Cellulose” korxonasida - 9,5 mlrd. soʻmlik sellyuloza va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2024-yil I chorak yakuni bilan 22 ta loyiha doirasida 2,5 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 199 mln. dollar valyuta tejalishi koʻzda tutilmoqda.

Viloyatda sanoatni rivojlantirish, shu jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi sanoat mahsulotlarini oʻzlashtirish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etish va natijadorligini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Hududlar va tarmoqlar bilan birgalikda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish maqsadida viloyat tadbirkorlari hamda investorlarini Respublikada oʻtkazilib kelingan sanoat yarmarkalaridagi faol ishtiroki taʼminlanib kelindi.

Jumladan, 2021-yil davomida Respublika boʻyicha oʻtkazilgan 8 ta sanoat yarmarkalarida 245 nafar tadbirkorlar bilan birgalikda ishtirok etilib, 92,5 mlrd. soʻmlik shartnomalar hamda 22 ta hamkorlik memorandumlari imzolangan.

2022-yil davomida Respublika boʻyicha oʻtkazilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari davomida 146 ta korxonalar mahsuloti bilan hamda 1011 ta korxonalar esa ishtirokchi sifatida qatnashib 248,2 mlrd. soʻmlik 254 ta shartnomalar imzolangan.

2023-yil davomida 123 ta korxonalar mahsulotlari bilan, 1071 ta korxonalari esa ishtirokchi sifatida qatnashib, 635 mlrd soʻmlik 421 ta hamkorlik shartnomalari imzolanishi taʼminlandi.

2024-yil 14-15-mart kunlari Jizzax shahri “Olimpiya zaxiralari kolleji”da “avtomobilsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, transport va logistika” sohalariga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” oʻtkazilishi belgilangan. 

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!