Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimi Turkiyaning “ESAN Eczacıbaşı” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi
29 август 2024 г 92 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimligida Turkiya davlatining “ESAN Eczacıbaşı” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayisoglu boshchilik delegatsiya vakillarini viloyat hokimi Ergash Saliyev qabul qildi.
“ESAN Eczacıbaşı” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayisoglu viloyat hokimi Ergash Saliyevga qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Oʻzbekiston va Turkiya davlatlari oʻrtasida bugungi kunda oʻzaro hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilganligini va bu borada Jizzax viloyatida ham mazkur yurt vakillari ishtirokida koʻplab loyihalar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻz navbatida viloyat hokimi Ergash Saliyev ham “ESAN Eczacıbaşı” kompaniyasi vakillarini viloyatimizda koʻrib turganligidan mamnunligini va hamkorlik borasida ishlashga doimo tayyorligini taʼkidladi.
Bugungi kunda “ESAN Eczacıbaşı” kompaniyasi Forish tumanidagi “Uchquloch” polimetall konida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va konni kompleks oʻzlashtirish loyihasini amalga oshirish boʻyicha amaliy ishlar olib bormoqda.
2023-yil 10-fevral kuni Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi yakunlari boʻyicha berilgan topshiriqlarida “Uchquloch” konini tiklash boʻyicha xorijiy investorlar (Turkiya) bilan shartnoma imzolanishini taʼminlash, loyiha doirasida qiymati 100 mln. dollarlik investitsiya jalb etish, 800 ta ish oʻrinlarini tashkil qilish hamda “Uchquloch” konida burgʻulash ishlari boshlash topshirigʻi berilgandi.
2023-yil 12-aprel kuni “Uchquloch” polimetall konini kompleks oʻzlashtirish” investitsiyaviy loyihasining amalga oshirilishi boshlandi.
“Jizzax viloyatida ”Uchquloch“ polimetall konini kompleks oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida joriy yilning 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi.
Uchquloch koni 1970-yillarda barpo etilgan boʻlib, konchilar uchun Xonbandi shaharchasi bunyod etildi. 1979-yildan Uchquloch qoʻrgʻoshin-rux konini sanoat asosida oʻzlashtirish maqsadida Olmaliq metallurgiya kombinatiga ruda yetkazib berishni boshlaydi.
1982-yilda Uchquloq koniga temir yoʻl tarmogʻi tortilib kelindi. 1983-yildan 2006-yilgacha olti million tonna ruda olib chiqilgan.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!