» » Hindistonliklar Jizzax shahrida bir million AQSH dollarlik  shifoxona qurishmoqchi

Hindistonliklar Jizzax shahrida bir million AQSH dollarlik  shifoxona qurishmoqchi

13 март 2024 г 141 Комментарии: 0

Hindistonning “India International Super Speciality Hospital” kompaniyasi direktori Doktor Jayaram Paratsarati boshchiligidagi delegatsiyani viloyat hokimi Ergash Saliyev qabul qildi.

Hindistonlik mehmonlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi Ergash  Saliyev ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi hamkorlik haqida soʻz yuritar ekan, viloyatda ham hind zaminidan kelgan tadbirkorlar samarali mehnat qilayotganini taʼkidladi.

Oʻz oʻrnida Hindistonning “India International Super Speciality Hospital” kompaniyasi direktori Doktor Jayaram Paratsarati ham bugungi kunda hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlayotganini taʼkidlab viloyat hokimining qabuli uchun minnatdorchilik bildirdi.

Doktor Jayaram Paratsarati Jizzax shahrida qiymati bir million dollardan yuqori boʻlgan shifoxona tashkil etish boʻyicha muzokara olib borishga kelganini maʼlum qildi.

Hindiston tomoni Jizzax shahrida koʻp tarmoqli shifoxona tashkil etish, hamda ushbu shifoxona bilan viloyatdagi oliy talim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarga koʻnikmalar berish boʻyicha kelishuvlar qilmoqchi ekanligini taʼkidladi.

Bundan tashqari hindiston tomoni yangi barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududida 25 ga yer maydonida yirik shifoxona qurish boʻyicha ham kelishuvlarga erishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar memorandum imzolashdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!