Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni topshirildi
31 август 2024 г 119 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni tantanali tarzda topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Farmoniga muvofiq mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini yangi bosqichga koʻtarishda oʻzining vatanparvarlik, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib, koʻplab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, xususan, bogʻdorchilik, koʻchatchilik va gulchilik tarmoqlarini ilgʻor tajriba va innovatsion usullar asosida rivojlantirish, hududda tomorqachilikni keng targʻib qilish, ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy masalalarni yechishda alohida faollik koʻrsatayotgani, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mehnatsevar va shijoatli insonlar etib tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari uchun Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi opa tomorqa xizmati” klasteri rahbari Noriyeva Sharofat Ergashevnaga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni viloyat hokimi Ergash Saliyev tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
Noriyeva Sharofat “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini qabul qilgan Oʻzbekiston tarixidagi birinchi tadbirkor boʻldi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!