» » Viloyat ishchi guruhi shtabining vazifalari bo'yicha seminar oʻtkazildi

Viloyat ishchi guruhi shtabining vazifalari bo'yicha seminar oʻtkazildi

13 сентябрь 2024 г 96 Комментарии: 0

Jizzax viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, mahallalardagi yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha dolzarb muammolarning hal etilishini taʼminlash va tahliliy ishlarni olib borish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Seminarda viloyat ishchi guruhi shtabining vazifalari haqida aytib oʻtildi.

Jumladan, viloyatda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, mahallalardagi yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir mahsulotlari, issiqlik energiyasini uzlyuksiz yetkazib berilishini taʼminlaydi va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan kunlik ishlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.

Muntazam ravishda ijtimoiy soha obyektlari, mahallalardagi yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha dolzarb muammolarni hal etish borasidagi ishlarning holatini joyiga chiqib oʻrganadi va aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha viloyat ishchi guruhiga takliflar kiritadi.

Viloyatda elektr va tabiiy gaz qurilmalarini taʼmirlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, mahallalardagi yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joy fondiga yoqilgʻi resurslarini uzlyuksiz yetkazib berish ishlarining kunlik monitoringini yuritadi.

Har haftada kamida bir marotaba aholiga, ijtimoiy soha obyektlariga, mahallalardagi yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joy fondiga, boshqa toifadagi isteʼmolchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish boʻyicha tanlov asosida joylarga chiqib oʻrganishlar olib boradi va uning natijalari boʻyicha ajratilgan resurslarni yetkazib berish yuzasidan viloyat ishchi guruhiga takliflar kiritadi.

Oʻtgan yildagi kuz-qish mavsumida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda takrorlanmaslik holatlarini oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va uni koʻrib chiqish uchun viloyat ishchi guruhi rahbariyatiga taqdim etib boradi.

Shuningdek, tasdiqlangan parametrlar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan kunlik ishlarni tahlil qilib boradi hamda oʻz vaqtida va sifatli bajarilmayotgan sohalar va mutasaddilar haqida viloyat ishchi guruhi rahbariyatiga maʼlumotlar kiritib boradi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!