Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Oʻtgan yetti yilda viloyat iqtisodiyoti 3,1 barobarga oʻsdi
17 сентябрь 2024 г 76 Комментарии: 0
Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,2 mln. soʻmdan 25 mln. soʻmga yetkazildi.
Oʻrtacha oylik ish haqqi 1,5 mln soʻmdan 2,6 barobarga ortib 3,8 mln soʻmni tashkil qilmoqda. Joriy yilda ham barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlanmoqda. Hammamizga maʼlumki, sanoat – hudud iqtisodiyotining asosiy tayanch tarmogʻidir.
Shunday ekan, ushbu sohani rivojlantirish, viloyatni agrar hududdan sanoat hududiga aylantirish borasida soʻnggi yetti yilda Davlatimiz rahbarining shaxsan tashabbuslari va koʻrsatmalari bilan ulkan ishlar amalga oshirildi.
Viloyatimizda bundan 7 yil avval sanoat korxonalari tomonidan 341 turdagi sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilgan boʻlsa, bugun ularning soni 3 barobar ortib, 1 100 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Mazkur sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmi 2017-yilda 2,5 trln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2023-yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari hajmi 7,6 barobar ortib, 19 trln soʻmga yetdi. Joriy yil yakuni bilan esa 23,1 trln soʻmga yetkazishni oʻz oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Mahalliylashtirish dasturi boʻyicha korxonalar soni 6 tadan 48 taga, loyihalar soni 16 tadan 78 taga, ishlab chiqarish hajmi esa 11 mlrd soʻmdan 12,6 trln soʻmga oshdi.
Qayd etish lozimki, joriy yilning yetti oyida Respublika boʻyicha mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 23,7 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan boʻlsa, shundan 7,7 trln.soʻmi yoki 30 % qismi aynan Jizzax viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.
Viloyatda 2017-2024-yillarda umumiy qiymati 30 trln. soʻmlik 3 650 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 50 ming nafar ish oʻrinlari yaratildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!