» » Sharof Rashidov tumanidagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi

Sharof Rashidov tumanidagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi

18 октябрь 2024 г 82 Комментарии: 0

Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosarlari hamda Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi.

Mazkur oʻrganishlarning asosiy maqsadi tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan kam taʼminlangan aholini ish bilan taʼminlash uchun yaratilayotgan ish oʻrinlarini aniqlashdan iborat boʻldi.

Oʻrganishlar davomida “Deya” qandolatchilik fabrikasi, “Dafna ifori” MCHJ hamda “Master building products” MCHJlariga tashrif buyurildi. Ushbu korxonalar faoliyatida aniqlangan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!