Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Mirzachoʻl tumani hokimligida tadbirkorlar muammolari tinglandi
02 август 2024 г 125 Комментарии: 0
Mirzachoʻl tuman hokimligi majlislar zalida Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari A.Mustanov, tuman hokimi B.Mirzaqulovlar tomonidan tuman hokimining oʻrinbosarlari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi, hokim yordamchilari, Markaziy bank, tijorat banklari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-sonli Qarori ijrosini taʼminlash hamda Mirzachoʻl tumanida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlarning mavjud muammolarni tizimli ravishda xal etish masalalari koʻrildi.
Yigʻilishda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin tadbirkorlarning muammolari eshitildi va hal etish boʻyicha hokim oʻrinbosarlariga, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!