Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Arnasoyda “Mahalla yettiligi” aʼzolari uchun oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda
01 июль 2024 г 115 Комментарии: 0
Arnasoy tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash hamda murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur oʻrganishlar doirasida Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali va Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida Arnasoy tumani sektor rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun oʻquv-seminarlar boʻlib oʻtmoqda.
Dastlab seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov ochib berdi va Jizzax viloyat hokimi oʻrinbosari Hamid Hasanov, Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori Alisher Umarovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!