Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Navbatdagi 55-sessiyada viloyat sektor rahbarlarining hisoboti eshitildi
22 май 2024 г 128 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi oʻtkazildi.
Unda viloyatdan saylangan Senat aʼzolari Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga 4 ta masala kiritildi.
Dastlab, viloyat sektor rahbarlarining aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning masʼuliyatini oshirish borasida 2024-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan viloyat hokimi Ergash Saliyev, viloyat prokurori Islamdjan Ergashxodjayev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Gʻayrat Qodirov hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Bekzod Tashpulatovning axboroti tinglandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazilgunga qadar hududlarda shahar va tumanlarning sektor rahbarlari hisbotlari ham sessiyalarda eshitildi.
Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Mansur Kubayev boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etish, viloyat “Toza hudud” DUKning soliq turlaridan shakllangan soliq qarzdorligini toʻlashni kechiktirish va viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!