» » Respublika ishchi guruhi aʼzolari Forish tumanida koʻklam mavsumida bajarilgan ishlar bilan tanishdi

Respublika ishchi guruhi aʼzolari Forish tumanida koʻklam mavsumida bajarilgan ishlar bilan tanishdi

05 апрель 2024 г 54 Комментарии: 0

Respublika Ishchi guruhi aʼzolari Forish tumani 2-sektor hududidagi Musoqul Orolov nomli mahallada yashovchi aholi xonadonlarida boʻlishib, ayni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Mahallada Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahallasi hamda Uychi tumani “Qumtepa” mahallalari tajribasi misolida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida fuqarolar tomonidan tomorqalarida sabzavotchilik mahsulotlari boʻlgan kartoshka, chisnok va piyoz yetishtirilayotgani koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari xonadon tomorqalarida bogʻdorchilik tashkil etish maqsadida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ham ekilmoqda. Bu kabi koʻkalamzorlashtirish ishlari mahalladagi tibbiyot poliklinikasida ham davom ettirilmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!