» » Pillachilikda intensiv texnologiyalarni qoʻllash va sohada xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Pillachilikda intensiv texnologiyalarni qoʻllash va sohada xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

03 апрель 2024 г 171 Комментарии: 0

Doʻstlik tumanida “Pillachilikda intensiv texnologiyalarni qoʻllash orqali hosildorlikni oshirish va sohada xotin-qizlarning bandligini taʼminlash” mavzusida koʻrgazmali amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev, Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova, viloyat hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nazira Muxtorova, viloyatdagi Oila va xotin-qizlar boʻlimlari raislari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Zulayho Mahkamova dastlab tumanda xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amaliy ishlar bilan tanishish maqsadida Mikrosanoat va xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ishtirokchilar “Olmos gamboy” fermer xoʻjaligida ham boʻlib dala chetlarida amalga oshirilayotgan ekin ekish ishlari, dala madaniyati, shuningdek, chigit ekish jarayoni bilan tanishishdi. Shu yerda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida koʻchat ekish tadbirlarida faol qatnashish boʻyicha viloyat Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Anorboy Eshmatovning fermerlarga murojaatnoma yoʻlladi.

Seminar ishtirokchilari tumandagi U.Mamatqulov FXXU “Mamat ota” fermer xoʻjaligiga qarashli dala shiyponida plyonka ostida pilla boqish tadbirlari bilan tanishishdi.

Shundan keyin, tumanda pillachilikda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularga munosib sharoit yaratish, mehnatini ragʻbatlantirish, pilla boʻyicha tumanning eksport imkoniyatlari oshirish boʻyicha tuman hokimi Shavkat Darvishev yigʻilishganlarga taqdimot qildi.

Taʼkidlanganidek, tumanda 2024-yil pilla mavsumida esa sal kam 2000 quti ipak qurti boqish orqali 100.0 tonna pilla xom-ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Bu orqali eksport qiymati 559,4 ming dollar daromad olinadi. Pilla boqish mavsumida qariyb 4,5 ming kishining bandligi taʼminlanadi.

Seminar tumanning “Saritepa” mahallasida yashovchi fuqaro Maxfuza Madumarova xonadonida davom etib, uyda tashkil etilgan qurtxona faoliyati koʻrsatib oʻtildi.

Shuningdek, Zulayho Mahkamova “Sayxunobod” tajribasining tumandagi ijrosi bilan tanishish maqsadida Manas mahallasining Koʻkdala koʻchasida yashovchi Nafosat Muhammadiyeva xonadonida boʻldi. Bu yerda xonadon ahli hamda mahalla ayollari bilan uchrashib, tomorqa har bir oilaning daromad manbai ekanini taʼkidlarkan, undan unumli foydalanish zarurligi haqida tavsiyalarini berdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!