Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » "Yoshlar - milliy armiyamiz nigohida!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi
28 октябрь 2024 г 39 Комментарии: 0
Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va harbiy komendatura tomonidan Zomin tumani 1-sektor hududida joylashgan 60- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab o'quvchi yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Yoshlar - milliy armiyamiz nigohida!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi.
Unda so'zga chiqqanlar yoshlarga milliy armiyamizning kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlar berib o'tishdi.
Festival davomida tashkil etilgan qurol-aslahalar ko'rgazmasi, harbiy orkestr jamoasi tomonidan kuy qoʻshiqlar yoshlarda harbiylik kasbiga hurmat va g'urur tuyg'ularini yanada oshirdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!