Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Doʻstlik tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muntazam olib borilmoqda
06 ноябрь 2024 г 29 Комментарии: 0
Doʻstlik tuman prokurori S.E.Razzokov tomonidan tuman IIB, favqulotda vaziyatlar boʻlimi, gaz va elektr taʼminoti korxonalari, tibbiyot birlashmasi, mahalla uyushmasi masʼul xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan Ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda, masʼullarga Qoʻshma farmoyish asosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini oʻrganish, har bir xonadonga kirgan holda is gazidan zaxarlanish holatlarini oldini olish, qoʻlbola isitish pechlaridan foydalanmaslik yuzasidan targʻibot tadbirlarini olib borish boʻyicha topshiriq va takliflarini berib oʻtdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!