Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Rossiya Federatsiyasining Sud pristavlari federal xizmati delegatsiyasi Zominga keldi
15 ноябрь 2024 г 27 Комментарии: 0
Rossiya Federatsiyasining Sud pristavlari federal xizmati (SPFX) direktori D.Aristov boshchiligidagi delegatsiya Zomin tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad joriy yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Sochi shahrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Sud pristavlari federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida 2024-2025 yillar uchun hamkorlik dasturi” ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va SPFX o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki davlatning majburiy ijro xizmatlari o‘rtasidagi ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdan iborat.
Rossiya Federatsiyasining SPFX delegatsiyasi Bosh prokuratura va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek Majburiy ijro byurosiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Federal xizmat va Byuro rahbarlari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.
Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasining majburiy ijro tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi yuzasidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, Byuroda ijro hujjatlari bo‘yicha kontragentlar yoki byudjet oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarmaydigan insofsiz yoki to‘lovga qobiliyatsiz yuridik shaxslarning ommaviy ma’lumotlar bazasi yaratilgani, sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibi joriy etilgani va boshqa yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
Rossiyalik mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda oxirgi yillarda majburiy ijro sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilayotgan natijalar yuksak baholandi. Shuningdek, idoralar o‘rtasida hamkorlik o‘zaro amaliy xususiyatga ega ekani ta’kidlanib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali hamkorlik qilish, shuningdek, xorijiy davlatlar hududidagi qarzdorlar hamda ularning mol-mulklarini va daromad manbalarini qidirib topish bo‘yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida delegatsiyaga viloyat hokimi o'rinbosari Akmal Savurbayev, Zomin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Omonqulov, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari xamroxlik qildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!