Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi oʻtkazildi
07 август 2024 г 105 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi oʻtkazildi.
Unda viloyatdan saylangan Senat aʼzolari Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga 5 ta masala koʻrildi.
Dastlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha Jizzax viloyati hududida bir mandatli saylov okruglarini tuzish toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma yuborish haqida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Abdulla Azimov, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha belgilangan maqsadlarning ijrosi va sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi borasida amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Ozoda Maxmudova hamda Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasining 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshligʻi Begzod Mengliyev axborot berishdi.
Shuningdek, sessiya kun tartibi viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish va Oliy Majlis Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Risqul Siddiqov soʻzga chiqib, “Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar” hamda “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha” Respublika komissiyasi majlisining 11-sonli bayonnomasida belgilangan vazifalar yuzasidan Parlament va deputatlik nazoratini olib borish haqida aytib oʻtdi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!