» » Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat kengashining ellik oltinchi sessiyasi oʻtkazildi

Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat kengashining ellik oltinchi sessiyasi oʻtkazildi

16 июль 2024 г 92 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi ellik oltinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Unda viloyatdan saylangan Senat aʼzolari Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga 15 ta masala kiritildi.

Sessiyada dastlab, viloyat prokurori Baxtiyor Ibroximov, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Bunyod Ikromov, Prezidentning Jizzax viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov, viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Oʻtkir Naxanboyev, kadastr agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Nodir Siddiqov, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi Erkin Xalmatov, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Boboqulov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Bobir Mamatov hamda Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” kafedrasi professori, loyiha rahbari Jamshid Abdunazarov soʻzga chiqishdi.

Shundan soʻng, Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha hududiy kuzatuv kengashi raisi Mustanov va viloyat maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Sanobar Suyarova axborot berishdi.

Shuningdek, sesiya kun tartibida Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasida “korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, viloyat hokimining sessiya oraligʻida qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash va viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!