Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazildi
31 июль 2024 г 88 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi oʻtkazildi.
Unda viloyatdan saylangan Senat aʼzolari Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga 2 ta masala kiritildi.
Sessiyada dastlab, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashidagi deputatlik oʻrinlari sonini belgilash toʻgʻrisida xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova soʻzga chiqdi.
Shuningdek, sessiyada viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Mirzabek Roʻziqulov axborot berdi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!