Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax va Rostov yangi imkoniyatlar hamda mustahkam hamkorlik sari
25 сентябрь 2024 г 86 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev boshchilik delegatsiya vakillarini viloyat hokimligida qabul qildi.
Uchrashuvda viloyat hokimi Ergash Saliyev ikki davlat rahbarlari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar, viloyatning asosiy drayverlari, erkin iqtisodiy zonalar hamda viloyatda qaysi yoʻnalishlarda investitsiyalar jalb qilish mumkinligi toʻgʻrisida aytib oʻtdi va viloyatning salohiyati aks etgan videorolik mehmonlarga namoyish etildi.
Delegatsiya rahbari Vasiliy Golubev qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Jizzax viloyati haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlganligi va Rostov viloyatining Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdan asosiy maqsadi ikki viloyat oʻrtasidagi aloqalarni yanada yaxshilash va hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirish ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuvdan soʻng, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida “Jizzax va Rostov viloyatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish” biznes-forumi va B2B uchrashuvlari oʻtkazildi.
Unda ikki viloyat rahbari ishtirok etdi. Uchrashuvda ikki hudud savdo-iqtisodiy masalalari boʻyicha maʼlumotlar berildi.Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga ikki viloyat rahbarlari batafsil javob berishdi. Forum yakunida ikki hudud oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Biznes forumdan soʻng Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev va Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Matbuot anjumanida viloyat hokimi Ergash Saliyev va Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.
Shundan soʻng, “Jizzax erkin iqtisodiy” zonasi hududidagi korxonalar faoliyati bilan tanishish uchun “ADM Jizzax” avtomobil ishlab chiqarish korxonasi, “BMB-NRC AGROLOGISTICS” kompaniyasi, “Deya”qandolatchilik fabrikasi hamda “BYD Uzbekistan Factory”avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga delegatsiya vakillari borishib faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!