» » Germaniyaning “Hochschule Anhalt” universiteti Jizzaxda

Germaniyaning “Hochschule Anhalt” universiteti Jizzaxda

25 май 2024 г 62 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligiga Germaniyaning “Hochschule Anhalt” amaliy fanlar universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillari bilan viloyat hokimi Ergash Saliyevning uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Qayta tiklanuvchi energiya va sanoat interneti” hamda kelajakda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy oʻquv yurtlaridan professor-oʻqituvchilar almashinuvi va biznes uchun energiya ishlab chiqarish va tarqatish sektori uchun boshqaruv vositalarini ishlab chiqarish muhandislar mijozlar talabiga koʻra rejalashtirish va loyihalash texnika, favqulodda quvvat manbai uchun boshqaruv elementlari, elektr stansiyalari va hududlarni boshqarish tizimlari, kommutator qurilmalar ishlab chiqarish hamda avtomatlashtirish yangi zavodlarning kontsepsiyasi va joriy etilishi, mavjud tizimlarni yangilash va oʻzgartirish takliflar berishdi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Saliyev takliflarni oʻrganib, kelajakda hamkorlik borasida ishlash maʼqulligi taʼkidladi.

Delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev viloyat hokimligi Anjumanlar saroyidagi viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi imkoniyatlari aks etgan koʻrgazmalar hamda Jizzax IT Park filiali, faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Mehmonlar Jizzax politexnika institutiga ham borishdi u yerda institut rektori bilan oʻtkazilgan uchrashuvda kelajakda professor-oʻqituvchilar almashinuvi, talabalar mobilligi va ilmiy loyihalarda birgalikda faoliyat olib borish va aloqalarni yanada mustahkamlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Shuningdek, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishishdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!