Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyatiga Xaynan provinsiyasi partiya qoʻmitasi kotibining oʻrinbosari Shen Danyan boshchiligidagi delegatsiya keldi
11 сентябрь 2024 г 93 Комментарии: 0
Jizzax viloyatiga Xaynan provinsiyasi partiya qoʻmitasi kotibining oʻrinbosari Shen Danyan boshchiligidagi delegatsiya vakillarini viloyat hokimligi anjumanlar saroyida viloyat hokimi Ergash Saliyev qabul qildi.
Xaynan delegatsiyasi Jizzax viloyatiga birinchi marta tashrif buyurgan bois, delegatsiya aʼzolariga viloyat haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.
Xususan, ikki davlat rahbarlari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar, viloyatning asosiy drayverlari, erkin iqtisodiy zonalar hamda viloyatda qaysi yoʻnalishlarda investitsiyalar jalb qilish mumkinligi toʻgʻrisida aytib oʻtilib, viloyatning salohiyati aks etgan videorolik mehmonlarga namoyish etildi.
Delegatsiya rahbari Shen Danyan qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Jizzax viloyati haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlganligi va Xaynan delegatsiyasining Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdan asosiy maqsadi ikki viloyat oʻrtasidagi aloqalarni yanada yaxshilar va hamkorlikdagi ishlarni yaxshilash ekanligini aytib oʻtdi.
Shu bilan birga Xaynan provinsiya barcha sohalarga ochiqligi, yagona port mavjudligi hamda Turizm markazi ekanligi taʼkidlandi.
Delegatsiya vakillari asosan 4 yoʻnalishda oʻzlarining qiziqishlarini bildirdi.
Jumladan, viloyatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik, turistlar oqimini oshirish chora tadbirlarini birgalikda ishlab chiqish, yangi energetika sohasida hamkorlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha Jizzax viloyati eksportyor tadbirkorlarini provinsiyada har yili dekabr oyining oʻrtasida oʻtkaziladigan Xalqaro Forumga taklif qilishdan iborat boʻldi.
Uchrashuv yakunida Jizzax viloyati va Xaynan provinsiya oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!