Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Tunchuan tumani partiyasi ishchi komissiya aʼzosi direktor oʻrinbosarini viloyat hokimi qabul qildi
28 август 2024 г 85 Комментарии: 0
Xitoy Xalq Respublikasining Tunchuan tumani partiyasi ishchi komissiya aʼzosi direktor oʻrinbosari janob Xe Syaogan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev qabul qildi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Saliyev ikki hudud oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari, soʻnggi yillardagi oliy darajadagi tashriflar va ularning ijobiy natijalari toʻgʻrisida va viloyatimiz salohiyati xususida soʻz yuritdi.
Xususan, viloyatdagi maxsus sanoat zonalari, Zomin tumanida ochilgan Oʻzbek-Xitoy Texnoparki toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtildi.
Mazkur sanoat zonalarida investorlarga yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari Jizzax shahridagi BYD avtomobil zavodiga tashrifi amalga oshirilib zavod faoliyati bilan tanishishdi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Forish tumaniga tashrifi amalga oshirilib tumandagi Bazalt mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishildi.
Delegatsiya aʼzolari va ishbilarmon doira vakillari viloyatimizdagi investorlarga yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida alohida toʻxtalib kelgusida viloyatimiz sanoat zonalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirishi boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!